TATU Fargʻona filiali jamoasi faoliyat olib borayotgan 21 nafar professor-oʻqituvchini doktorantura va tayanch doktorantura dasturlariga kirganligi bilan tabriklaydi!

Ularning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish, yangi yutuqlarga erishish yoʻlida muvaffaqiyatlar tilaymiz. Bu nafaqat ularning, balki butun filialimizning ilmiy jihatdan o’sishi va rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega!

🤝 Kelgusida yanada yuqori marralarni zabt etishga ishonchimiz komil!