TATU Fargʻona filiali talabalari Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar

Ushbu haftada istedodli yoshlarni qollab quvvatlash “Ulugbek” jamgarmasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda viloyatlar hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Mirzo Ulug’bek vorislari” Respublika tanlovining navbatdagi  viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali 614-21 gurux iqtidorli talabasi Ibrohimova Nafosatxon va 631-23 gurux iqtidorli talabasi Ro‘zaliyev Muxammadaziz “Mirzo Ulug’bek vorislari” tanlovida munosib ishtirok etib 1- o‘rinni egallab Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

G‘olib bo‘lgan talabalarimiz tashkilotchilar tomonidan sertifikat va BHMning 10 baravari miqdori pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Bu talabalarimizga ushbu nufuzli tanlovning navbatdagi Respublika bosqichida faqat omad va muvofaqqiyatlar tilab qolamiz!