TATU Fargʻona filiali va B.Sidiqov nomidagi Qirg‘iziston-O‘zbek xalqaro universiteti bilan ikki tomonlama hamkorlik

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali direktori F.Muxtarov boshchiligidagi delegatsiya B.Sidiqov nomidagi Qirg‘iziston-O‘zbek xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif chog’ida ikki ta’lim muassasasi vakillari oliy o‘quv yurtlari haqida ma’lumot almashib, o‘qituvchilar va talabalarning akademik mobilnikni ta’minlash, fan sohasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda ikki ta’lim muassasasi rahbarlari o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida ikki tomonlama shartnoma imzoladilar.

Shundan so‘ng KEOAU xalqaro aloqalar va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektori, professor Baltabaeva Aida Tynaibekovna universitetning moddiy-texnik bazaar bilan tanishtirdi.