TATU Farg‘ona filiali binosida “2019 yilda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tashkil etildi.

 

 

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) Farg‘ona filialining 2018-2019 o‘quv yili bitiruvchilari uchun 2019 yil 29 mart  kuni TATU Farg‘ona filiali binosida “2019 yilda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tashkil etildi.

“2019 yilda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”da viloyatdagi 43 ta korxona va tashkilotlar 65 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar. Shulardan:

– 14 ta soha korxona va tashkilotlari;

– 29 ta viloyatdagi xo‘jalik yurituvchi boshqarma va tashkilotlar.

“2019 yilda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”da ishtirok etuvchi korxona va tashkilotlar uchun TATU Farg‘ona filiali binosi hududida tegishli
shart-sharoitlar yaratildi. Yarmarka ishtirokchilariga barcha korxona va  tashkilotlar tomonidan o‘zlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari, oylik ish haqlari, ish beruvchi tomonidan qo‘shimcha imtiyozlar va boshqa taalluqli ma’lumotlarni aks ettirgan banner va stendlar joylashtirildi.

“2019 yilda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”da jami 300 nafardan ortiq filial bitiruvchilari ishtirok etdi.

Bundan tashqari 40 nafardan ziyod ota-onalar, o‘qituvchi-ustozlar va ish bilan band bo‘lmagan aholi ishtirok etdi.

Yarmarka davomida korxona va tashkilotlar tomonidan 27 nafar filial bitiruvchilari bilan uch tomonlama mehnat shartnomalari (ishga qabul qilish bo‘yicha) tuzildi.

“2019 yilda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” davomida ish beruvchi korxona va tashkilotlar mutaxassislari bitiruvchilar bilan suhbatlashdi hamda 65 nafar ishtirokchilarga yo‘llanmalar berildi.

Yarmarka davomida “Xabar”, “Farg‘ona xaqiqati” gazetalarining viloyatdagi muxbirlari, “O‘zbekiston milliy axborot agentligi” muxbiri, “Farg‘ona” teleradiokompaniyasi, viloyat mehnat boshqarmasi xodimlari ishtirok etdilar va ular tomonidan tegishli xizmatlar tashkil etildi.