TATU Farg‘ona filialida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligini nishonlandi

2019 yilning 2, 3 aprel kunlari filial Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, dotsent Sh.Holmatov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi 83721-sonli Harbiy qismi ofitser va serjantlariga Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligi munosabati bilan “Amir Temurning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni” mavzusida ma’ruza qilib, ular bilan qizg‘in munozara va davra suhbatini amalga oshirdi.

2019 yilining 9 aprel kuni filialning Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i M.Teshaboyev tomonidan guruhlar kesimida Amir Temur tavalludining 683 yilligi munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida targ‘ibot ma’ruzalarini taqdimotlar orqali o‘tkazdi.

2019 yilining 9 aprel kuni filialning katta majlislar zalida filial professor-o‘qituvchilari o‘rtasida Amir Temur tavalludining 683 yilligi munosabati bilan filialning Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, dotsent Sh.Holmatov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i M.Teshaboyevlar ma’ruza qildilar. Filial ARM hodimlari tomonidan Amir Temurning hayot ijodidan habar beruvchi ko‘rgazmali burchak tashkil etdilar. Tadbir Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan suratga olindi.

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i                                        A.Rayimov