TATU Farg‘ona filiali delegatsiyasi xalqaro ilmiy-amaliy koferensiyada ishtirok etdi

Muxammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchi va talabalari Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh Davlat universitetida 14-16- fevral kunlari “Amaliyotlarda talabalarning kasbiy kompittentsiyalarini oshirish” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi.

Shuningdek, tashrif mobaynida M.M.Adishev nomidagi O‘sh texnologiyalar universiteti bilan o‘zaro hamkorlikda imzolangan memorandumga asosan, akademik mobillik dasturi doirasida, master-klass oʻtildi va talabalar almashuvini tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.