TATU Farg’ona filiali direktori F.Muxtarov talabalar hayoti bilan hamnafas yashaydi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali direktori Muxtarov Farrux Muhammadovich filialning 2-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talaba-yoshlar hayoti bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida yoshlar hayot tarzi, oʻquv jarayonilari hamda TTJda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, shu bilan birga u yerdagi mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan suhbat olib borildi.