TATU Farg‘ona filiali Kengashining 7-sonli yig‘ilishi boʻlib oʻtdi

Oliygoh direktori F.Muxtarov so‘zi avvalida Kengash a’zolarini hamda aziz opa-singillarimizni, sohamizning muhtaram ayollarini nafis bahor, muhabbat, go‘zallik, latofat va mehr ramzi bo‘lgan 8- mart- Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabrikladi.

Shu o‘rinda, cheksiz xurmat va ehtirom bilan filialida yillar zaxmatidan charchamagan holda uzoq yillar mehnat qilib, bosh auditor lavozimida faoliyat yuritgan Ismailova Xafiza Ulmasovnani nafaqaga kuzatildi.

Filialimizda viloyat miqyosida “Kibersport” bo‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasi gʻoliblarini taqdirlandilar.

O‘tgan oy davomida o‘zining tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati, fidoiyligi, jonkuyarligi bilan ajralib turgan hamda o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashgan bir qancha ayol xodimalarimizni taqdirlandi.

Ushbu filial nishonining ikkinchi sovrindorlari kumush nishon bilan Tashlanova Nigora Jo‘rayevna va oltin nishon bilan Rayimjonova Odinaxon Sodiqovna taqdirlandi.