TATU Farg‘ona filiali Kengashining 9-sonli yig‘ilishi boʻlib oʻtdi

Yig‘ilishda, filial direktori F.Muxtarov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda barcha kengash a’zolari ishtirok etdi.

Ushbu kengash yig’ilishida aprel oyi davomida filial rahbariyati, xodimlari va professor-o‘qituvchilari tomonidan strategik rejada belgilangan muhim vazifalar asosida amalga oshirilgan ishlar hamda qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida so’z bordi

O‘tgan oy davomida o‘zining tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati, fidoiyligi, jonkuyarligi bilan ajralib turgan hamda o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashgan bir qancha professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar taqdirlandi.