TATU Farg’ona filiali Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi tomonidan rahbarlar va bitiruvchilar o’rtasida seminar tashkillandi

Seminarda fakulteti dekani B.Daliyev, kafedrasi mudiri O.S.Rayimjonova, kafedra professor o’qituvchilari hamda 5350100 – Telekommunikatsiya injiniringi yo’nalishi bitiruvchilari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida professor-o’qituvchilar tomonidan bitiruvchilarga yakuniy nazorat jarayoni, bitiruvoldi amaliyoti, yakuniy davlat attestatsiyasi hamda mutaxassislik bo’yicha ishga joylashtirish bo’yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, talabalar bitiruv malakaviy ishi mavzusini tayyorlash, qayta o’qish, munosib ish topish va magistraturaga o’qishga kirish bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, ularning dars jarayonlarini amaliyotga yaqinlashtirgan holda o’tish bo’yicha takliflari inobatga olindi.

Seminar yakunida talabalarning BMI ni tayyorlash va rasmiylashtirish holatlari to’g’risida tahlil amalga oshirildi.