TATU Farg’ona filiali Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakultetida 2022-2023 o’quv yili yakunlari bo’yicha Fakultet kengashining 11-sonli yig’ilishi bo’lib o’tdi

🔵 Yig’ilishda Filial direktori F.Muxtarov ishtirok etdi. Yig’ilishda o’quv yili davomida fakultetda o’quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilgan ishlar bo’yicha fakultet dekanining hisoboti tinglandi.

Yig’ilishda fakultet hisoboti muhokama qilinib, istiqboldagi strategik rejalar belgilab olindi. Filial direktori tomonidan fakultetda amalga oshirilgan ishlar e’tirof etilib, bir qator professor-o’qituvchilar direktorning “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandilar.