TATU Farg’ona filialida Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i I.Kaxxarov, Ta’lim sifati bo’limi hamda Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti, Kompyuter injiniring fakulteti dekanati mas’ullari professor-o’qituvchilar va sirtqi bo’lim talabalari bilan suhbat o’tkazildi

Sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun o‘quv jarayonini boshlanishi yuzasidan o’rganishlar olib borildi. O‘rganish jarayonida bugungi kunda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar va uzoqda yashovchi talabalarning o‘quv mashg‘ulotlariga yetib kelishlari hamda vaqtinchalik ijara xonadonlariga joylashishlari haqida suhbatlar olib borildi.

Professor-o’qituvchilar bilan suhbat davomida Fililda korruptsion holatni oldini olish tizimi va ishlash tamoyillari, bo’lim faoliyatiga oid masalalar haqida taklif va tavsiyalar berildi.

Ta’limni korruptsiyasiz sohaga aylantirish “Ochiq eshiklar” tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirlar davomida yakuniy nazorat imtixonlari shaffof tarzda o’tkazishni ta’minlash hususida suhbatlar o’tkazildi.