TATU Farg‘ona filialida yashil makon!

🌱Bugun TATU Farg‘ona filiali Telekommunikatsiya injiniringgi va kasb ta’limi fakulteti o‘qituvchi va xodimlari tomonidan 70 dan ortiq mevali koʻchat ekildi.

🌿 Ushbu loyiha orqali nafaqat muhitni yanada yashil va go‘zal qilish, balki tabiiy resurslarni asrashga bo‘lgan e’tibor ham namoyon bo‘lmoqda.

🌳 Bunday tadbirlar ekologik madaniyatni rivojlantirish va kelgusi avlodlarga toza va yashil atrof-muhitni taqdim etishga yordam beradi.