TATU Farg’ona filialining muvaffaqiyatli talabasi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali Kompyuter injiniringi fakulteti 687-22 guruh talabasi Maxmudov Ulug’bek Ravshanbekovich Iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash «Ulug’bek» jamg’armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Namangan viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan «Mirzo Ulug’bek vorislari» Respublika tanlovining Namangan viloyati Namangan shahar bosqichi g’olibi bo’ldi va 1,5 mln so’m pulni qo’lga kiritdi.