TATU Farg’ona filialining yil sarhisobi — 2023

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida “Yil sarhisobi 2023” va Yangi yil tadbiri bo’lib o’tdi.

Yil sarhisobiga bag’ishlangan tadbirni oliygohimiz direktori Muxtarov Farrux Muhammadovich ochib berdi va barchani yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabrikladi. So’ngra 1 yil davomida erishilgan yutuqlar haqida maxsus taqdimot taqdim qilindi.

Tadbir ko’tarinki ruhda tashkil qilindi. Professor-o’qituvchilar va xodimlar turli nominatsiyalar bo’yicha taqdirlandilar.