Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti dekani F.Muxtarov, dekan o’rinbosarlari A.Salmonov, M.Norinov va talaba yoshlar Andijon axborot texnologiyalari texnikumiga tashrif buyurishdi

Tashrif davomida Andijon axborot texnologiyalari texnikumi direktori B.Abduhalilov bilan o’zaro hamkorlik a’loqalari o’rnatildi.

Filial professor o’qituvchilari, talabalari va texnikum talabalari o’rtasida ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

Suhbat juda qiziq va mazmuni bo’lib o’tdi. Tadbir so’ngida esa ochiq muloqotda faol bo’lgan talabalar taqdirlandi.

O’zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun katta hissa qo’shib kelayotgan ustozlar B.Abduhalilov tomonidan taqdirlandilar.

Filialimiz tomonidan texnikum direktori ham tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.