Toshkent shahar INHA universitetida Otabek Mahkamovning “Yuksaklik sari tasodif bo‘lmagan 100 ta uchrashuv” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Ushbu taqdimotda INHA universiteti rektori, AKT vaziri Sherzod Shermatov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi rahbari, ZO‘R tv prodyuseri va jurnalistlari, O‘zbekiston xalk artisti Munojat Yo‘lchiyeva, Mansur Toshmatov, Nasiba Qambarova, Mirzabek Xolmedov, Ra’no Zokirova va yana bir qancha ustoz san’atkorlar, san’at va madaniyat arboblari qatnashdilar.

Taniqli aktyor, yurist, teleboshlovchi, radioboshlovchi, bloger, yozuvchi va ayni damda Amerika qo‘shma shtatlarida istiqomat qiluvchi Otabek Mahkamov tomonidan TATU Farg’ona filiali Axborot- resurs markazi xodimi Soxiba G’aniyeva ham taqdirlandi.