Toshkentdagi Amerika markazidan media savodxonlikka oid loyihalar uchun 8000 dollargacha grant!

Toshkentdagi Amerika markazi ACT Grant dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda.

Dasturga quyidagi mezonlardan biri yoki bir nechtasiga mos nomzodlar oʻz loyihasi bilan ariza berishi mumkin:
– Fidoyi va malakali oʻqituvchi boʻlsangiz.
– Media savodxonlik boʻyicha seminarlar ishlab chiqish va olib borish tajribasiga ega boʻlsangiz.
– Jamiyatda ijobiy oʻzgarish qiladigan media savodxonlikka oid onlayn loyiha haqida gʻoyangiz boʻlsa.

Amerika markazida bunday loyihalar uchun 1000 dollardan 8000 dollargacha grant ajratadi.

Grantga ariza topshirish uchun:

  1. Maxsus ariza shaklini yuklab oling va uni toʻldiring.
  2. Toʻldirilgan ariza va oʻzingizga tegishli CVni 2022-yil 8-iyungacha tashkentact@gmail.com emailiga yuboring.

Dasturga faqat jismoniy shaxslar ariza berishi mumkin, tashkilotlar ariza bera olmaydi.