Tyutorlar bilan psixologik mahorat darsi o’tkazildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hamda filial psixologi N.Mo‘minova ishtirokida tyutorlar bilan psixologik mahorat darsi o’tkazildi. Dars jarayonida psixologik paspotlar tayyorlash va talabalardan olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi va har bir tyutorlarning psixologik pasporti olindi.

Tyutorlarga filial psixologining vazifalari, amalga oshiradigan chora-tadbirlari, ijtimoiy, individual, psixologik yordam koʻrsatish imkoniyatlari va targʻibot ishlarini amalga oshirish hamda taxsil olayotgan talabalarga oiladagi zoʻravonlikdan jabr koʻrgan yoshlarni noxush holatlardan saqlash va ogʻir vaziyatdan chiqarishga qaratilgan psixologik xizmatni tashkil etish hamda psixoprafilaktika ishlarini tyutorlar hamkorligida yoʻlga qoʻyish masalalari haqida kelishib olindi.