Tyutorlar uchun o’quv-tushuntirish ishlari olib borilmoqda

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filialida tyutorlar uchun o’quv-ma’naviy sektor ma’sullari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Ushbu yig’ilishni Yoshlar masalalari va ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari A.Kadirov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’lim boshlig’i A.Rayimov, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlari N.Ibragimov va A.Salmonovlar olib bordilar.

Majlisda Oliy ta’lim muassasalarida o’qish onlayn shaklga o’tkizilgani sababli kelgusidagi dars jarayonlari, yakuniy nazoratlarni tashkil, korrupsiya omillarini oldini olish kabi qator masalalar ko’rib chiqildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati