“UzAuto Motors” ACADEMY xodimlarni tayyorlash bo‘lim boshlig‘i bilan uchrashuv tashkil etildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Kompyuter injiniringi va sun’iy intellekt fakulteti dekani M.Norinov va Axborot texnologiyalari, Kompyuter tizimlari, Tabiiy fanlar kafedra mudirlari hamda “UzAuto Motors” ACADEMY xodimlarni tayyorlash bo‘lim boshlig‘i Saidbaxrom Ikromov bilan zoom orqali uchrashuv tashkil etildi.

Ishlab chiqarishdagi muammolarga ilmiy yondashgan holda raqamli texnologiyalar sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va rag‘batlantirish, ularning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ko‘rildi.