Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Kompyuter injiniringi va sun’iy intellekt fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan 11-oktyabr kuni talaba yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida 49892 harbiy qism qo’mondoni o’rinbosari kapitan I.T.Muyiddinjonov va vzvod qo’mondoni kapitan A.M.Dadajonovlar tomonidan davra suhbatl tashkillandi.

Davra suhbatida, yurtimizda harbiy sohadagi islohatlar, harbiy xizmatchilarga yaratilayotgan sharoitlar va IT kadrlarga bo’lgan ehtiyojlar haqida so’z yuritildi.

Harbiy sohada o’z o’rnini topmoqchi bo’lgan talabalar uchun bunday uchrashuvlar juda muhim!