XOTIN-QIZLAR XAMISHA E’ZOZDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5325-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, ushbu sohadagi ishlarning holati xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular bilan maqsadli ishlarni tashkil etish, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va sog‘lomlashtirishning samarali mexanizmlarini yaratish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali bilan «Oila» ilmiy-amaliy markazining Farg‘ona viloyat bo‘limi hamkorligida Farg‘ona shahridagi  yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar o‘rtasida bandlikka ko‘maklashish va tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy negizlari va an’anaviy oilaviy qadriyatlarini mustahkamlash hamda ularning kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi. Ushbu o‘quv kurslariga filialning tajribali professor-o‘qituvchilari jalb qilindi. O‘quv kurslarini muvaffaqqiyatli yakunlaganlarga TATU Farg‘ona filiali direktori hamda Oila» ilmiy-amaliy markazining Farg‘ona viloyat bo‘limi bilan birgalikda sertifikatlar topshirildi.