“YANGI O‘ZBEKISTON STRATEGIYASI” – YANGI QADAMLAR, YANGI MARRALAR

Joriy yilning 16 sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston strategiyasi» nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Mazkur kitobda Yangi O‘zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo‘nalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida atroflicha fikr yuritildi.

Tadbirda filial direktori A.Rasulov, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.Qodirov, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Farg‘ona viloyat kengashi raisi o‘rinbosari X.Raxmonov, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy ta’lim markazi Farg‘ona viloyat kengashi rahbari I.Qo‘ldoshev hamda filial professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan Yangi O‘zbekistonning zamonaviy demokratik qiyofasi qanday yaratilayotgani, mamlakatni yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarish uchun belgilab olingan strategik yo‘llar, so‘ngi besh yillikda barcha sohalar bo‘yicha erishilayogan yutuqlar bo‘yicha ma’ruza qilindi. Tadbir davomida talabalar tomonidan ta’lim sohasida, axborot texnologiyalari sohasida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat yuzasidan fikrlar bildirildi.

Tadbir so’ngida filialimiz talabalari bu kitob haqida o’zlarining fikrlarini bildirishdi.

Eng quvonarlisi tadbirni ommalashtirish jarayonini ta’minlashda O’zbekiston teleradiokompaniyasi ham ishtirok etdi.