«Yashil makon» umummilliy loyihasi davom etmoqda

✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali jamoasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida “Dolzarb 40 kunlik” ko‘chat ekish mavsumida filial hududlariga ko‘chatlarni ekish tadbirlari davom etmoqda.

🌳 Mazkur umummilliy loyiha doirasida filialimizning barcha xodimlari faol qatnashishmoqda.

🌿Filialimizda 150 ta tol qalamcha, 150 ta Shamshod guli qalamchasi va 4500 ta terak qalamchalari ekildi.

📥 Ushbu loyihaga befarq bo’lmang! O’z hissangizni qo’shing!