«Yashil makon» umummilliy loyihasi davom etmoqda

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali jamoasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida “Dolzarb 40 kunlik” ko‘chat ekish mavsumida filial hududlariga ko‘chatlarni ekish tadbirlari davom etmoqda.

Mazkur umummilliy loyiha doirasida filialimizning barcha xodimlari faol qatnashishmoqda.

Jamoa tomonidan 150 tup o’rik, 70 tup olma, 80 tup shaftoli, 40 tup behi, 30 tup jiyda daraxtlari va 30 dan ortiq gul ko’chatlari ekildi.

Ushbu loyihaga befarq bo’lmang! O’z hissangizni qo’shing!