O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 5 iyul kunidagi №418-F Farmoyishiga asasan, respublika miqyosida 2023 yil 10 iyuldan 10 avgustga qadar Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30” tadbiri o‘tkazilmoqda. Farg‘ona shaxar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan shaharimiz hududida odamlar ommaviy bo‘ladigan ob’ektlarda, bozorlar, yirik savdo komplekslari, tunda insonlar qoladigan maskanlarda shuningdek, ijtimoiy soha ob’ektlarida, portlash va yonish xavfi yuqori bo‘lgan ob’ektlarda, bolalar yozgi dam olish oromgoxlarida, oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari o‘tkazilishi belilangan joylarda, shahrimizda qad rostlayotgan qurilish ob’ektlarida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha profilaktik tadbirlarni o‘tkazib kelinmoqda.
Shuning bilan bir qatorda haftaning har chorshanba kuni Farg‘ona shaharida o‘tkazilayotgan “Favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar profilaktikasi kuni” doirasida aniq, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, rejaga asosan Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda shahrimiz xududida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, yong‘in sodir bo‘lishiga olib keladigan sabab va sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish, yong‘inlarning oldini olish, fuqarolarimizning hayotini hamda davlat mulkini yong‘in talofatlaridan asrash maqsadida ijtimoiy soha ob’ektlari va aholi turar joylarida fuqarolar bilan tushuntirish hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borilmoqda, Shuningdek, tadbirlar davomida fuqarolarimizga o‘zini qiynayotgan va qiziqtirayotgan savollariga javoblar berilib ijobiy xal etilmoqda.
Farg‘ona shahar FVB PNB mutaxassisi 1-darajali serjant A.Olimjonov