Yosh fotosurat ustalarini aniqlash maqsadida Farg‘ona viloyatida “Unique Uzbekistan” tanlovi bo‘lib o‘tdi

🟢Tanlovda 16-35 yoshgacha bo‘lgan professional va havaskor fotosuratchilar ishtirok etdi.

🟢“Mening shahrim”,
🟢“Jannatmakon Farg‘onam”,
🟢“Inson va oila” yo‘nalishida respublika bo‘yicha jami 4 ming 122 nafar yoshlar onlayn ishtirok etdi.

🟢Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Kompyuter injiniringi fakulteti 712-21 guruh talabasi Ahmadaliyev Sanjarbek “Jannatmakon Farg‘onam” yo‘nalishi bo‘yicha 3-o‘rin sohibi bo‘ldi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.