Filialda “Biz hech kimdan kam emasmiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

2019 yilning 5 aprel kuni soat 11-30 daFarg‘ona “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyi tashabbusi bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialikatta majlislar zalida“Biz hech kimdan kam emasmiz” shiori ostida targ‘ibottadbirio‘tkazildi. Unda Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakultetining 620-17, 630-17, 640-16, 650-16 guruhlari va Kompyuter injiniring fakultetining 611-17, 612-16, 610-16, 611-16 guruhlari talabalari ishtirok etdilar. Tadbirda internat uyi hodimlari tomonidan taqdimotlar asosida ma’ruzalar, tarbiyalanuvchi bolalar tomonidan esa badiiy chiqishlar namoyish etildi. Badiiy chiqishlardagi internat uyi tarbiyalanuvchi bolalarining chiqishlari, ularning ijro mahoratlari talabalar olqishiga sabab bo‘ldi.

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i                              A.Rayimov