Farg‘ona shahrida joylashgan Oliy ta’lim muassasalari xamda boshqarma va tashkilotlar jamoalari o‘rtasida 7-aprel “Halqaro salomatlik kuni” munosabati bilan sportning Voleybol, yengil atletika va suzish turi bo‘yicha 4-aprel kuni Farg‘ona Davlat universitetining sport majmuasida musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalarda ishtirok etish maqsadida 15 ta jamoa talabnomalarini musobaqa tashkilotchilariga taqdim etishdi.
Shu kuni musobaqa ochilishida barcha jamoalar saflandilar va musobaqani Farg‘ona viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi E. Nuraliyev so‘zga chiqib, musobaqa ishtirokchilariga omad tilab musobaqani ochiq deb e’lon qildi. Shundan so‘ng musobaqalarga start berildi.
Musobaqalarda g‘olib bo‘lgan jamoalar va yaxshi ishtirok etib o‘zini ko‘rsatgan sportchilarni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashgan kengashi tomonidan estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
TATU Farg‘ona filiali Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi Porubay Oksana suzish sport turi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Filial jamoasi umumiy xisobda 2-o‘rinni egallashdi.