Qurbon hayiti munosabati bilan 11-avgust kuni bo’lib o’tadigan test sinovlari boshqa muddatga ko’chirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida” 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4413-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qurbon hayitining joylarda yuqori saviyada, xalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tishi munosabati bilan joriy yilning 11-avgust kuni o‘tkaziladigan test sinovlari quyidagi muddatlarga ko‘chirilganligi ma’lum qilinadi (abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bino va soat o‘zgarmagan holda):
Qashqadaryo viloyatida – 12-avgust kuni;
Farg‘ona, Jizzax va Navoiy viloyatlarida – 13-avgust kuni;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Xorazm va Samarqand viloyatlarida – 14-avgust kuni;
Buxoro viloyatida – 15-avgust kuni o‘tkaziladi.