Magistratura chet tili fanlari bo‘yicha maslahat bo‘lib o‘tdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi topshiriqlari va filial direktorining 2019 yil 29 iyuldagi 465-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash yuzasidan 2019 yil 7 avgust kuni kichik majlislar zalida 2019/2020 o‘quv yili uchun magistratura chet tili fani bo‘yicha maslahat o‘tkazildi. Tadbirni Filial magistratura bo‘yicha mas’ul kotib yordamchisi, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.Mulaydinov, Tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.Yunusovlar olib bordi. Abituyentlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2019 yil 23 iyuldagi 87-02-1611-sonli topshiriq xatida keltirilgan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 2-ilovasiga ko‘ra chet tili fanidan magistraturaga kirish sinovlar dasturi va baholash mezonlari batafsil tushuntirildi.