Farg‘ona shahrida “Yil ayoli” milliy tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimining o‘rinbosari – viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Komila Kavlonova ishtirok etdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari instituti Farg‘ona filiali yig‘ilishlar zalida tashkil etilgan tadbirda tanlovning 19 ta shahar-tuman bosqichlarida jami 971 nafar ishtirokchi o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 156 nafar iqtidorli ayollar bellashdilar.
![](https://tatuff.uz/wp-content/uploads/2023/11/photo_2023-11-10_11-29-01-1024x682.jpg)
![](https://tatuff.uz/wp-content/uploads/2023/11/photo_2023-11-10_11-29-02-1024x682.jpg)
![](https://tatuff.uz/wp-content/uploads/2023/11/photo_2023-11-10_11-29-03-2-1024x682.jpg)
![](https://tatuff.uz/wp-content/uploads/2023/11/photo_2023-11-10_11-29-03-1024x682.jpg)