Amir Temur tavalludining 687 yilligiga bag’ishlangan navbatdagi tadbiri bo’lib o’tdi

Axborot- resurs markazining «Kitobxonlik to’garagi» rejasiga asosan buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 687 yilligiga bag’ishlangan navbatdagi tadbiri bo’lib o’tdi.

Buyuk sarkardaning davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik, ilmu-fan, sanʼat va meʼmorchilikka oid qarashlari, hayot, ezgu amallar haqida bildirgan fikrlari, har bir masalada yetti o‘lchab, el manfaatini o‘ylab ish tutish bilan bog‘liq ibratli fazilatlari uning “Temur tuzuklari” asarida batafsil yoritilgan. Ushbu asar o‘lmas durdona sifatida alohida qadr-qimmatga ega.

Amir Temur siyosat maydoniga kirib kelgan paytda, Amir Temur Markaziy Osiyoni mo‘g‘ullar iskanjasidan ozod etishda barcha yurtparvar kuchlarni uyushtirib, ularni mustaqillik uchun kurashga yo‘naltirgan yetakchi rahbar, yerli xalqning bu sohadagi orzu-umidlarini ro‘yobga chiqishiga ulkan hissa qo‘shgan sarkardadir

Ushbu tadbirda talabalar Amir Temur hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishdi. Ochiq muloqot tarzida bo’lib o’tgan tadbir talabalarga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.