C.A.T. Science Accelerator 5.0 tadbirining saralash bosqichi yakunlandi

Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti

🧑🏼‍💻 Ekspertlardan iborat komissiya C.A.T. Science Accelerator 5.0 ishtirokchilarini saralashni yakunladi!

🎯 Suhbatdan o‘tgan Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi jamoasiga hamda loyiha rahbari Rayimjonova Odina Sodiqovnaga minnatdorchilik bildiramiz va barcha loyiha ishtirokchilariga omad tilaymiz!

🧑‍🚀 Akseleratorga qabul qilingan 21 ta loyiha Ishtirokchilari orasida Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasining «Baliqlarni hashoratlar bilan oziqlantirish uchun avtomatlashtirilgan fotoelektrik qurilma» loyihasi tasdiqlandi.

💥 Kafedra jamoasini tabriklaymiz!

📅 C.A.T. Science Accelerator 5.0 tadbirining ochilish marosimi shanba, 8-aprel kuni Toshkent shahridagi Ilg‘or texnologiyalar markazida o‘tkaziladi.