Caption align here

Blog Full Left Sidebar With Frame

28-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali talabalari uchun “Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar” mavzusida amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda xalqaro IT-sertifikatlar hamda xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarni olishlari uchun yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar mavzularida taqdimot o‘tkazildi. Seminar yakunida talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.
Read More
Ushbu seminarda Asrayev Muhammadmullo Abdullajon o‘g‘li Qo‘lyozma matni tasviri tahlili asosida shaxsni identifikatsiyalash algoritmlari mavzusida va Xonto’rayev Sardorbek Isroilovich Chigit va tola sifatini yahshilash maqsadida quritish barabani konstruksiyasini takomillashtirish mavzusida hamda Rajabova Xurshida Xusanboevna Innovasion yondashuvlar asosida bulajan axborot texnologiyalari bo’yicha mutaxassislarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish mavzusida ushbu seminarda ishtirok etdi.
Read More
Jamiyatimizda lider va rahbar ayolllarimiz soni tobora ortib bormoqda. Bunga sabab yurtimizda xotin-qizlarimizga berilayotgan koʻplab imkoniyatlar va eʼtibordir. Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Fargʻona filialida Xotin-qizlar kengashi raisi va dekan maslahatlarchilari tashabbusi bilan “Rahbar ayol imidji” nomli tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Fargʻona politexnika instituti Xotin qizlar kengashining raisi, professor Mamadaliyeva Lolaxon, Fargʻona maktabgacha taʼlim tashkilotini rahbari Madaliyeva Shaxnoza, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti katta oʻqituvchi Feruza Joʻrayeva, filialimiz 1-sonli TTJ...
Read More
Rasmiy uchrashuvda oliygoh direktori F.Muxtarov, Ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Polvonovlar oʻzaro xamkorlik doirasida keng qamrovli bulutli xizmatlar, kontentni yetkazib berish va professor-o‘qituvchilarni ilmiy stajirovkalarga yuborish, talabalar almashinuvi, xalqaro hamkorlikdagi loyihalarni yo‘lga qo‘yish, kelgusi o‘quv yilidan qo‘shma taʼlim dasturlarini tizimli tashil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Read More
Filial direktori F.M.Muxtarov, Ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Z. Polvonovlar ayni vaqtda oʻzaro xamkorlik shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan talablarni amalga oshirishda professor-o‘qituvchilarni ilmiy stajirovkalarga yuborish, talabalar almashinuvi, xalqaro hamkorlikdagi loyihalarni yo‘lga qo‘yish, kelgusi o‘quv yilidan qo‘shma taʼlim dasturlarini ochish bo‘yicha kelishuvlarga erishishildi. Fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, boʻlim boshliqlari hamda professor-o‘qituvchilar onlayn ishtirok etishmoqda.
Read More
1 12 13 14 15 16 319