💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Kompyuter injiniringi va sun’iy intellekt fakultetida 1-bosqich talabalari va ularning ota-onalari o’rtasida muhim hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi. 💻 Uchrashuvda talabalarning o’qish jarayonlari, kelajakdagi rejalari va fakultetdagi ta’lim sifatini oshirish bo’yicha fikrlar almashildi. 🫥 Bu kabi uchrashuvlar, ota-onalar va ta’lim muassasasi o’rtasida mustahkam aloqalar o’rnatish, shuningdek, talabalarning ta’limda muvaffaqiyatli bo’lishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida davom ettiriladi. 🎲Uchrashuv yakunida, ota-onalar talabalarning o’qish jarayoniga yanada...Read More
TATU Fargʻona filiali Ilmiy innovatsiya akademiyasi, Axborot texnologiyalari kafedrasi va “TATU INNO SPIN-OFF” korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan “Aqlli yoʻl” belgilari muvaffaqiyatli sinovlardan oʻtdi. Namunalardan biri Fargʻona viloyati yoʻl qurilishi qoʻmitasi boshqarmasi rahbariyati va mutaxassislariga taqdim etildi. Kelgusida viloyat yoʻllarida innovatsion yoʻl belgilari oʻrnatilishi bo’yicha kelishuvga erishildi. Jamoamizning ilmiy faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz!Read More
Farg’ona “Avtooyna” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga TATU Farg’ona filiali “Iqtisodiyot va kasb ta’limi” kafedrasi mudiri J.Otajonov, kafedra professori O. Nazarmatov, kafedra assistenti o’qituvchisi D.Urinboyeva hamda iqtisodiyot yo’nalishi talabalari tomonidan tashrif amalga oshirildi. Ochiq eshiklar kuni davomida talabalar “Avtooyna” mas’uliyati cheklangan jamiyatining ishlab chiqarish boʻlimlari bilan yaqindan tanishdilar. Ularning xavfsizligi ta’minlangan holda ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichi va uning ishlash printsplari o’rganildi. Talabalar jarayonni katta qiziqish bilan kuzatib, o’zlarining ko’plab savollari...Read More
TATU Fargʻona filialining 1-sonli talabalar turar joyida, filial direktori Muxtarov Farrux Muhammadovich rahbarligida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda TATU Fargʻona filiali direktor o’rinbosari B.Tolipov va Talabalar turar joyi mudiri S.Yunusaliyev ham ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning turli savollari va muammolari muhokama qilindi.Read More
2024-yil 7-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish”ga qaratilgan PQ-171-sonli Qarori ijrosi doirasida TATU Fargʻona filiali 1-sonli talabalar turar joyida manzarali daraxtlar ekish ishlari amalga oshirildi. 50 tupdan ortiq manzarali daraxtlar ekilgan tadbirda, TATU Fargʻona filiali direktori Muxtarov Farrux Muhammadovich, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Baxtiyor Tolipov, Talabalar turar joyi mudiri Sardorbek Yunisaliyev va Tarbiyachi-pedagog D.Abdullayevlar ishtirok etdilar. Bu loyiha, nafaqat hududni yashillashishga,...Read More