Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 iyundagi PQ–5157-son qarorining 7-bandiga koʻra belgilangan tartibga muvofiq, talabalar oʻqishini koʻchirish (koʻchirib tiklash), shuningdek, abituriyentlarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga bakalavriatga talabalikka tavsiya etishda 2021/2022 oʻquv yili uchun tasdiqlangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari qoʻllanilishi hamda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlar va talabalarga belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) berilishi belgilandi. Manba: dtm.uzRead More
Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) sirtqi yoki kechki taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalarga ham 10 foiz chegirma beriladi Koʻpchilik talabalar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlaridan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining sirtqi yoki kechki taʼlim shakli boʻyicha bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan hamda 2021 yil 1 noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022 oʻquv yili uchun belgilangan stipendiyasiz...Read More
2021/2022-oʻquv yili qabulida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi. Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda 2021/2022 oʻquv yili uchun amalda belgilangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida stipendiyasiz bazaviy...Read More
Tashrif davomida so‘ngi vaqtlarda ta’lim sohasidagi islohotlar, filialdagi o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi. Tadbirda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, talabalar tomonidan erishilayotgan yutuqlar, filialning keyingi 5 yillik rejalari bo‘yicha yaqindan tanishdi. Shuningdek, filial hamda Akademik litseyning iqtidorli talabalari tomonidan yaratilayotgan yangi loyihalar taqdimot qilindi.Read More
2021-yil 27-sentyabr kuni TATU Farg‘ona filiali akademik litseyiga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich tashrif buyurdi. Litseyning o‘quvchilari bilan ingliz tilida suhbatlashdi. Akademik litseyning Respublikadagi 65ta akademik litseylar ichida nufuzini, OTMga kirish ko‘rsatkichimiz 93%ni tashkil etganligi haqida, shuningdek o‘quvchilarning IT sohasida, chet tillarini o‘zlashtirish bo‘yicha erishayotgan yutuqlari bilan tanishib, o‘quvchilarning kelajakda Vatan ravnaqida hissalari katta bo‘lishida ishonch bildirdi. Litsey ustozlarini yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabriklab faoliyatlarida omad tiladi.Read More