Farg’ona viloyat hokimligida viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi bo’limi boshlig’i Yuldashev Аzimjon, TАTU Farg’ona filiali Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy taʼlim fakulteti dekani F.Muxtarov va bir qator professor ustozlar hamkorligida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda International Swiss Science University rektori professor Tunjay Sevindik fikrlariga ko’ra axborot texnologiyalari sohasida 2 tomonlama hamkorlik ishlarini rivojlantirish, o’zaro qo’shma fakultet faoliyatini yo’lga qo’yish hamda “Made in Fergana” loyihasi masalalari viloyat hokimligi tomonidan qo’llab quvatlanishi aytib o’tildi.

Shuningdek, IT yo’nalishi va tibbiyot tizimini kompyuter texnologiyalari bilan integratsiyalovchi mutaxassis kadrlar tayyorlash, blokcheyn muhandisligi hamda kompyuter o’yinlari yaratish sohalari bo’yicha innovatsion loyihalarni taqdim etish masalalari ko’rib chiqildi.

TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati