Diqqat tanlov!!!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filialida “Shukronalik” mavzusidagi videoroliklar tanlovi e’lon qilindi.

Tanlov shartlari:
🔰 videorolikda shukronalik aks etgan bo’lishi zarur
🔰 2-4 minut oralig’ida bo’lishi kerak
🔰 albatta ishtirokchining o’zi qatnashgan bo’lishi kerak.

Ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan videoroliklar TATU FF rasmiy (https://t.me/TATUFF_rasmiy_kanal) kanaliga joylab boriladi va ovoz to’plash orqali hamda mavzuga mosligi bilan filial ma’muriyati tomonidan g’oliblar aniqlanadi.

Eng yaxshi videorolik tayyorlagan 3 ta talabaga filial ma’muriyati tomonidan esdalik sovg’alari va pul mukofotlari topshiriladi.

Batafsil ma’lumotga ega bo’lish uchun filial matbuot kotibi (https://t.me/Nabijonov4544) ga murojaat qilishlaring mumkin.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati