Destruktiv xulq ko‘rinishlarini kelib chiqish sabablari va ularni oldini olish mavzusida seminar-trening tashkil etildi

TATU Farg‘ona filiali Kompyuter injiniringi fakulteti professor o‘qituvchi va xodimlari uchun Farg‘ona viloyati “Mehrjon” ayollar va bolalar markazi yuristi Dilafruz Nurmatova va psihologi Dostonbek Masharipovlar tomonidan “Destruktiv xulq ko‘rinishlarini kelib chiqish sabablari va ularni oldini olish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda, agressiyaning vujudga kelishi, namoyon bo‘lishi, so‘nishi va undan keyingi salbiy oqibatlari haqida bir qator ma’lumotlar berib o‘tildi.