Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida 5 ming nafargacha professor-o‘qituvchilarni tajriba almashish uchun, 200 nafargacha yosh olimlarni ilmiy daraja olish uchun tanlov asosida xorijiy ilmiy tashkilotlarga yuboriladi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023- yildagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko’ra:

Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida
5 ming nafargacha professor-o‘qituvchilarni tajriba almashish uchun, 200 nafargacha yosh olimlarni ilmiy daraja olish uchun tanlov asosida xorijiy ilmiy tashkilotlarga yuboriladi. 

Yillar kesimida xorijiy va mahalliy grant mablag‘lari doirasida professor-o‘qituvchilarni tajriba almashish va yosh olimlarni ilmiy daraja olish uchun xorijiy ilmiy tashkilotlarga yuborish ishlari amalga oshiriladi.