DITD doirasidagi (amaliy, innovatsion) tanlovning IV turi qayta e’lon qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan amaliy va 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan innovatsion ilmiy-texnik loyihalar tanlovini qayta e’lon qiladi

 

Innovatsion rivojlanish vazirligi Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan amaliy va 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan innovatsion ilmiy-texnik loyihalar mavzulari tanlovining IV turini quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha qayta e’lon qiladi:

  1. Iqtisodiyot va huquq fanlari.

Tanlov shartlari

Loyiha muqovasi

Amaliy va innovatsion ilmiy-texnik loyihalarning dolzarb mavzulari bo‘yicha tanlovlar muntazam e’lon qilib boriladi.

Amaliy va innovatsion ilmiy-texnik loyihalarning dolzarb mavzulari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, Prezidentning respublika hududlariga tashriflari, ma’ruza va nutqlarida belgilangan vazifalar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va yig‘ilish bayonnomalari topshiriqlari hamda davlat, xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari taklif va tavsiyalaridan kelib chiqib, respublika iqtisodiyoti tarmoq va sohalarini innovatsion rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va vazifalari asosida shakllantirilgan.

Amaliy va innovatsion ilmiy-texnik loyihalar www.fan-portal.uz veb-sahifasi orqali elektron ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.

Elektron ro‘yxatdan o‘tmagan, belgilangan talablar asosida shakllantirilmagan, tanlov mavzularidan tashqari mavzularda topshirilgan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi.

Qog‘oz shaklda taqdim etilgan loyihalar ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari tomonidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari imzolagan yo‘llanma xati asosida qabul qilinadi.

Loyiha matni A4 formatdagi standart qog‘oz varag‘ining ikki tomonida joylashishi va qoida tariqasida, 1,15 qator oralig‘ida yozilishi lozim. Har bir bet yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; o‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi 1,27 sm ga teng va bir xilda bo‘lishi lozim.

Matnni kompyuter vositasida bosib chiqarishda «Times New Roman» 13 o‘lchamli shriftdagi «Misrosoft Word» matn redaktoridan foydalanish lozim.

Betlar titul varag‘idan boshlab oxirgi varaqqacha izchil ketma-ketlikda raqamlanadi. Betning tartib raqami varaqning pastki o‘ng burchagida 2 raqamidan boshlab yoziladi. Titul varag‘iga 1 raqami qo‘yilmaydi.

Loyiha har bir talab qilingan hujjati va boshqa tarkibiy qismlari yangi betdan rasmiylashtiriladi.

Loyiha rahbari va ishtirokchilarining mezonlarda talab qilingan ilmiy ishlar ro‘yxati (oxirgi 3 yil davomidagi nashrlar quyidagi xronologik tartibda keltirilib, izchil ketma-ketlikda raqamlanadi: monografiya; patent; ilmiy maqola; ilmiy to‘plamlar va boshqa nashr ishlari) 3.4-shaklga qat’iy rioya qilingan holda rasmiylashtiriladi va muallif, ilmiy kotib tomonidan imzolanadi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi.

Elektron ro‘yxatdan o‘tkazilgan amaliy va innovatsion ilmiy-texnik loyihalar 2019 yilning 18 apreliga qadar shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha vazirlik binosida qabul qilinadi.

Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat’iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, avval bajarilmaganligi, ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaganligi, tanlov mavzusiga mosligi bo‘yicha dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 iyuldagi PQ-3855-son qaroriga muvofiq Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan amaliy va innovatsion loyihalar natijalari ular yakunlanganidan so‘ng to‘liq tijoratlashtirilishi shart.

Taqdim etiladigan loyihalarga tegishli vazirliklardan loyiha mavzusi, uning bajarilishi va undan kutilayotgan natijalar O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining tarmoq va sohalarini rivojlantirish uchun zarurligi ta’kidlangan hamda tashkilot Ilmiy (ilmiy-texnik) kengashlari tomonidan tavsiya etilganligi haqidagi qaroridan ko‘chirma ilova qilinishi lozim.

Tanlov o‘tkazilishining ob’ektivligi, adolatliligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida loyihalarni qabul qilish, ekspertizasini amalga oshirish, maxsus belgilangan xonalarda videokuzatuv vositalari (kameralar) orqali yozib olinadi.

Taqdim etilgan loyihalardagi ma’lumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi hamda tanlov g‘oliblari tomonidan ilmiy-texnik loyihalarning natijadorligi, tijoratlashtirish darajasi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha rahbarlari, ilmiy loyihani bajaruvchi tashkilot rahbarlari javobgar hisoblanadilar.

 

Belgilangan muddatda fan yo‘nalishlari bo‘yicha elektron va qog‘oz shakllarda taqdim etilmagan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi.

Tanlovga bitta loyiha kelib tushgan taqdirda tanlov o‘tkazilmaydi.

Ma’lumot uchun telefon: (71) 203-32-32