Belarus Respublikasining oliy ta’lim muassasalarida aspiranturada ta’lim olish uchun o‘tkaziladigan tanlovda qatnashish istagi bo‘lgan talabgorlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
– ishtirokchi mahalliy yoki xorijiy oliy ta’lim muassasasida magistr darajasini olgan bo‘lishi;
– rus tilini mukammal bilishi;
– 40 yoshdan oshmagan bo‘lishi.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
- Shaxsiy ma’lumotnoma (Ob’ektivka).
- Oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot instituti muhri bilan tasdiqlangan bakalavr va magistr diplomi va ilovalari nusxalari.
- Oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy tadqiqot instituti ilmiy kotibi tomonidan tasdiqlangan ilmiy ishlar ro‘yxati va nusxalari.
- Belarus Respublakasida o‘qish uchun tanlangan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi hamda ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilishi kerak. Tanlangan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi Belarus Respublikasida yuqori reytingga ega bo‘lishi lozim.
Tanlov hujjatlari joriy yilning 11 martidan 20 martiga qadar shanba va yakshanbadan tashqari har kuni soat 9:00dan 17:00gacha vazirlik binosida qabul qilinadi. (Mas’ul xodimlar: Shofayziyev Akmal, Xolov Nabijon +998 (71) 203-32-23 (ichki raqam: 221).
Tanlovga kelib tushgan hujjatlar vazirlik maxsus komissiyasi tomonidan o‘rganiladi va ishtirokchilar bilan suhbat o‘tkaziladi.
Zarur holatlarda qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Elektron pochta: n.xolov@mininnovation.uz
Manba: mininnovation.uz