Farg‘ona shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da 9 may-Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami tantanalari bo‘lib o‘tdi. Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi, viloyat kuch ishlatar tuzilmalari hamda sektorlari rahbarlari, viloyat boshqarmalari boshliqlari ham majmua poyiga gulchambar qo‘ydilar. Shu jumladan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtrok etdilar. “Vatanparvarlar bog‘i” hududida tadbir ishtirokchilari e’tiboriga teatrlashtirilgan ikkinchi jahon urushi davri sahnalari namoyish etildi. Xronologik tartibda tashkil etilgan sahna ko‘rinishlarida Farg‘ona viloyatida ikkinchi jahon urushi haqida shumxabarni radio orqali aholiga yetib kelishidan boshlab, mard o‘g‘lonlarning ixtiyoriy jangga otlanishi, urush davridagi qahramonliklari, g‘alaba nashidasini surib, uyga qaytishlari jonlantirildi.