🏫 Talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot fakulteti tyutorlari o‘ziga biriktirilgan talabalar bilan birgalikda Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot kutubxona markaziga tashrif buyurishdi.




