Yoshlarimiz ongida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, ma’naviy tahdidlardan asrash va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muhim vazifa sanaladi. Ma’naviyat va ma’rifat sohasida yoshlar bilan ishlashda yangicha yondashuvlar, tashabbuslar kerak. Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan viloyatning turli hududlaridan kelgan faol yoshlar bilan muloqotda ana shular xususida so‘z yuritildi, ularning fikr – mulohazalari tinglandi.
Yoshlar agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasida ma‘naviyat va madaniyat faollari va faol yoshlar ishtrokida ochiq muloqot bo‘lib otdi. Ochiq muloqotda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyat filiali, viloyat hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, Yoshlar ishlar agentligi viloyat boshqarmasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha direktor o ‘rinbosari B.Tolipov, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshligi Sh.Ergasheva va stipendiyatlar ishtrok etishdi.