Filial direktori A. Rasulov talaba-yoshlarini yashash sharoiti bilan yaqindan tanishish maqsadida, Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakultetining ijarada yashovchi talaba-yoshlarning uylariga tashrif buyurdi

2021-yil 5-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali direktori А.Rasulov va Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A. Salmonov xususiy xonadonlarda ijarada yashaydigan talaba-yoshlarni yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida tashriflar uyushtirildi. Jumladan, Farg‘ona shahar Aeroport ko‘chasi 195/2 uyda ijarada 1-V uy 49 xonadonda yashovchi filialning 2 nafar talaba-yoshlarni yashash sharoitlari yaqindan o‘rganildi. Ushbu xonadonda Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakultetining 3 nafar talabalar ijarada yashaydi. Talabalar uchun 2 xona yotoq uchun va 1 xona dars qilish uchun ajratilgan. Talabalar yotishi uchun urindiqlar mavjud va dars qilish stol stullar yetarli. Tashrif davomida filial direktori va talaba-yoshlar bilan ijara xonadonidagi yashash sharoiti, sanitariya-gigienaga rioya qilish, yong‘in xavfsizligi va bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazishlari haqida suhbat o‘kazildi. Shuningdek, uy egasi bilan ham fikr almashildi. Talabalar va uy egasi filial direktorini tashrifidan mamnun bo‘lib, o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.

Shuningdek, Farg‘ona shahar S. Temur ko‘chasi 86 B uy 42 xonadondagi ijarada yashovchi 6 nafar talaba-yoshlarni yashash sharoiti o‘rganildi. Mazkur xonadon 3 xonadan iborat bo‘lib, talabalarni dars qilishlari uchun sharoitlar yetarli ekani aniqlandi.