“Giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” bo’yicha davra suhbati o’tkazildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialimizga tashrif buyurgan Ichki ishlar vazirligining xodimlari hamda viloyatimizning bir guruh mas’ullari talabalarimiz bilan giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari va uning ayanchli oqibatlari xususida davra suhbati o’tkazdi.

Davra suhbatda filialimiz xodimlari, 250 dan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari insonlarning umri naqadar achinarli ekanligi, ular tubsiz jarga qulashi, qonunchiligimizda bu illatga qarshi kurashish bo’yicha bajarilgan ishlar xususida so’z bordi.

Shuningdek, giyohvandlik savdosiga bagʻishlangan videolavha namoyish etildi.