Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Sirtqi bo’limi 1-bosqich talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ushbu tadbirda o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari T.Abdullayev talabalarga kredit-modul tizimi bo’yicha ma’lumotlar berdi.

Filial direktori maslahatchisi A.Usmonov ichki tartib qoidalari haqida tushunchalar berdi. 

Shundan so’ng Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig’i A.Salmonov talabalarning kiyinish madaniyati bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o’tdi.

Sirtqi bo’lim boshlig’i M.Norinov  talabalar bilan o’zaro fikr almashdi. Uzoqdan kelgan talabalarni talabalar turar joyi hamda ijara joylar bilan ta’minlash bo’yicha ishlarni olib bordi.